Londonda yuz bergan avtohalokatda Italiya shahzodasi vafot etdi

14:52, 02 noyabr

Italiya shahzodasi Filippo Korsini London shahrida yuk mashinasi ostida qolib, halok bo`ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, 21 yoshli qadimiy oqsuyaklar sulolasi vakili bo`lgan shahzoda Londonning Ridjents universitetiga velosipedda yo`l olgan edi. Kutilmaganda yuk mashinasi uni ilib olib, 30 metr masofaga sudrab olib bordi. 

Ayni paytda yuk mashinasining 42 yoshli haydovchisi hibsga olingan. Unga nisbatan inson o`limiga sabab bo`lish va transport vositasini ehtiyotsizlik bilan boshqarish singari ayblovlar qo`yilmoqda. 

Korsini Londonda yil boshidan buyon halok bo`layotgan velosipedchilarning sakkizinchisi bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!