Xonanda Rayhon boshlovchi Farhod Alimov bilan nikohlanishdan avval Yigitalining oldidan o`tgani ma`lum bo`ldi

15:26, 02 noyabr

Boshlovchi Farhod Alimov va xonanda Rayhon nikohdan o`tish arafasida sobiq turmush o`rtoqlarining oldidan o`tgan. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda

Avvalroq Farhod Alimov va Rayhon nikohdan o`tgani, shu munosabat bilan 5 noyabr kuni amru-ma`ruf sifatida osh berilayotgani haqida xabar berilgan edi. To`y qachon bo`lishi hozircha noma`lum.

“Har ikki tarafning sobiq turmush o`rtoqlari bilan munosabatlari allaqachon rasman uzilgan. Ularning boshqa yangi munosabatlari mavjud bo`lsa ham, [Rayhon va Farhod] bu yangi turmushi haqida ularning oldidan o`tgan va barchasi o`zaro rozilik natijasida bo`layotgani ma`lum”, — deyiladi xabarda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!