O`zbekiston Prezidenti saylovi munosabati bilan 1–5 dekabr kunlari talabalarga ta`til e`lon qilindi

16:31, 02 noyabr

2016 yilning 1–5 dekabr kunlari O`zbekiston Oliy ta`lim muassasalari talabalariga ta`til beriladi. Bu haqda “Anons.uz” saytiga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Toshkent shahrida ta`lim olayotgan Respublikaning turli viloyatlaridan bo`lgan talabalarning turar joyi bo`yicha Prezident saylovida ishtirok etish imkoniyati bo`lishi uchun shu yilning 31 oktyabr kuni «Oliy ta`lim muassasalari talaba-yoshlarining Konstitusion huquqlaridan kelib chiqib doimiy yashash joylarida ovoz berishlariga sharoit yaratish to`g`risida»gi qaror qabul qilingandi.

Shu yo`l orqali ikki marta ovoz berish va blanklarni dublikatlashtirishning oldi olinadi.

Oliy ta`lim muassasalari rektorlari hamda hududiy filiallar direktorlariga ushbu hujjat bilan tanishish va tegishli choralar ko`rish vazifasi yuklatildi.

Oliy ta`lim vazirligida buyruqda ko`rsatilgan asosiy nizomlarning bajarilishiga ko`maklashish uchun ishchi guruh tashkil qilindi. Shuningdek, ushbu ishchi guruh boshqa shaharlardagi barcha talabalarning O`zbekiston Prezidenti saylovida ishtiroki ta`minlanishini nazorat qilishi kerak.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!