Dunyoga mashhur masxaraboz Oleg Popov vafot etdi

09:41, 03 noyabr

Moskva Katta sirki direktori Edgar Zapashniyning bergan ma`lumotiga ko`ra, 2 noyabr kuni dunyoga mashhur masxaraboz Oleg Popov 87 yoshda vafot etgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

“Oleg Popov vafot etdi. Menga hozir “Rosgossirk” bosh direktori Dmitriy Ivanov qo`ng`iroq qilib, bu haqda xabar berdi”, deydi Edgar Zapashniy.

O`z navbatida Dmitriy Ivanov Oleg Popovning Rostov-na-Donu shahridagi gastrol safarida o`zini yaxshi his qilganligini, kechqurun televizor tomosha qilganligini, ertasi kuni to`satdan vafot etganligini ma`lum qildi.

“Rosgossirk” direktorining so`zlariga qaraganda, vidolashuv marosimini qachon o`tkazish hali marhumning yaqinlari bilan muhokama qilinmagan. Uning Germaniyaga dafn etilishi taxmin qilinmoqda.  

Edgar Zapashniy Oleg Popovning dunyoga mashhur, yagona masxaraboz ekanligini ta`kidladi.

Oleg Popov qiziqchilik faoliyatini 1951 yilda boshlagan. U “Quyoshli masxaraboz” artistik obrazini yaratgan. 1991 yilda Oleg Popov Germaniyaga ko`chib ketgan. Shundan beri Germaniyaning Eglofshtayn shahrida turmush o`rtog`i, sirk artisti Gabriel bilan birga yashagan. 25 yildan beri u ilk marotaba o`tgan yili Rossiyaga kelgan, unga Sochida o`tkazilgan sirk san`ati festivalida “Sirk afsonasi” unvoni berilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!