Qozog`iston xalq artisti film pulini o`g`irlaganlikda ayblanmoqda

09:53, 03 noyabr

Qozog`iston xalq artisti Tungishbay Jamanqulov davlat byudjetidan “Qaqnus” badiiy filmini suratga olish uchun ajratilgan mablag`ni o`g`irlaganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Huquq tartibot idoralari “Qozoqfilm” kinostudiyasi filmning tayyorlov bosqichi uchun 79 million tenge (235 ming dollarga yaqin) mablag` ajratib, uni Tungishboy Jamanqulov muassislik qilgan firma hisobiga tushirgan. Bu summadan 69 million tengeni u film bosh prodyuseri sifatida shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatgan. O`g`irlikda yana “Qozoqfilm” kinostudiyasining moliya-iqtisod ishlari boshqaruvchisi va filmning ijrochi prodyuseri ham ayblanmoqda. Sud ularni qamoqqa olish uchun sanksiya berdi.

68 yoshli Tungishbay Jamankulov sobiq sho`ro davrida qozoq kinematografiyasida mashhur bo`lgan filmlarda rol o`ynagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!