Homilador ayollarga tavsiya etilmaydigan 14 mahsulot

11:42, 03 noyabr

Homiladorlik davri ona va bolaning salomatligida muhim ahamiyat kasb etuvchi davrdir. Shu sabab bu paytda homilador ayol ovqat rasioniga alohida e`tibor berishi kerak. 

1.  Dorivor o`tlar. Homiladorlik davrida har qanday o`tli damlamalarni ichishdan voz keching. Zaruriyat tug`ilgandagina shifokor bilan maslahatlashing.

2.  Qahva. Ko`p miqdorda qahva qabul qilish nafaqat sizga, balki homilaga ham ta`sir ko`rsatadi. Yurak-qon tomirlariga ortiqcha og`irlik tushadi. 

3.  Baliq. Tunes, akula, marlin kabi yog`li baliqlarni umuman emang demaymiz, ammo me`yorni unutmang! Bunday baliqlar tarkibidagi yog` ona va bola uchun zararli.

4.  Dengiz mahsulotlari. Ular asosan xom bo`ladi, shu sababli ham homilador ayollarga xavf tug`diradi. 

5.  Maxsus mog`orli pishloqlar. Bu turdagi pishloq tarkibida listeriozni chaqiruvchi bakteriyalar mavjud. Bu bakteriya hattoki homila tushishiga ham olib kelishi mumkin.

6.  Sut. Qaynatilmagan sutni icha ko`rmang!

7.  Chala pishgan go`shtni aslo emang. Tayyor qiymalarni sotib olishda ham uning yaroqlilik muddatiga ahamiyat bering.

8.  Jigar. Jigar va jigarli pashtetni emaganingiz ma`qul. Jigar A vitaminiga juda boy, ammo bu vitaminning me`yordan oshig`i homila uchun xavfli bo`lishi mumkin.

9.  Qo`ziqorinlar. Bu mahsulotdan tayyorlangan eguliklar hazm bo`lishi qiyin taomlar ro`yxatiga kiradi. Shuningdek, zaxarlanish ehtimoli ham kuchli.

10.  Ziravorlar. Ular ona organizmida safroni ko`paytiradi. Bundan tashqari nafaqat tashqi, balki ichki a`zolar shishiga ham sabab bo`ladi.

11.  Pechenelar. Do`konlardagi ta`m beruvchi qo`shimchalari ko`p bo`lgan pechenelar tarkibida, rivojlanayotgan homilaga zarar keltiruvchi akrilamid moddasi mavjud.  Shuning uchun o`zingiz tayyorlagan pecheneni tanovvul qilganingiz ma`qul.

12.  Konserva mahsulotlari. Tarkibida oqsillar sinteziga ta`sir ko`rsatuvchi ko`p miqdorda konservant va sirka bor.  Qolaversa, yaroqlilik muddati o`tgan konservani bilmasdan iste`mol qilish, botulizm kasalligiga olib keladi. 

13.  Gazli suvlar. Bo`yoqlar, ta`m kuchaytirgichlar, ko`p miqdordagi shakar - jigar va buyrak faoliyatiga ta`sir ko`rsatib, rivojlanib kelayotgan homilaga kerakli ozuqalarni etkazib bera olmaydi.

14.  Margarin. U hammaga birdek zararli, asosan homilador ayollarga.  Tarkibidagi  hayvon yog`lari bola va ona yurak faoliyatiga ta`sir ko`rsatmay qolmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!