Xitoydagi savdo markazida xaridni yoqtirmaydigan mijozlar uchun kattalar bog`chasi tashkil etildi

12:08, 03 noyabr

Xitoyning Chibao shahrida ish boshlagan yangi savdo markazida mijozlar uchun bog`cha tashkil etildi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Bu erda savdo markazida ayollari xarid bilan band bo`lgan erkaklar dam olishlari mumkin. 

Shopingni unchalik yoqtirmaydigan mijozlar uchun bu erda divanlar, yumshoq kreslolar va televizor o`rnatilgan. Bog`chaga kelgan erkaklarga shuningdek vaqtli mazmunli o`tkazish uchun ko`plab gazeta va jurnallar taklif etiladi. 

Xitoyda ish boshlagan mazkur kattalar bog`chasi haqida internet foydalanuvchilari turli fikrlarni yozib qoldirmoqda. Ayrimlar xazil tariqasida erkaklar xotinining qo`liga plastik kartasini berib, umuman dam ololmasligini aytsa, boshqalar savdo markazi qoshida bolalar maydonchalari tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo`lishini ta`kidlamoqda.

Uchinchi guruh internet foydalanuvchilari esa savdo markazlarida kattalar uchun mo`ljallangan bog`cha ayni muddao ekanligini ma`lum qilgan. Sababi, aksariyat erkaklar ayoli do`kondan nimadir xarid qilayotgan paytda u bilan birga yurishni yoqtirmaydi. Xitoy kattalar uchun bog`cha tashkil etilgan birinchi mamlakat emas. 2011 yilda Avstraliyada ham ayni shunday kattalar bog`chasi ish boshlagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!