Janluiji Buffon EChLdagi o`yinlar sonini 100 taga etkazib, afsonalar safiga qo`shildi

12:18, 03 noyabr

“Yuventus” klubi darvozaboni Janluiji Buffon “Lion”ga (1:1) qarshi kechgan Evropa chempionlar ligasi 4-tur o`yinida asosiy tarkibda maydonga tushdib, ushbu turnirdagi o`yinlar sonini 100 taga etkazdi.

38 yoshli posbon ushbu ko`rsatkich bo`yicha “Milan”ning sobiq himoyachisi Alessandro Nestani (99 ta o`yin) ortda qoldirib, EChLda eng ko`p o`yinlar o`tkazgan italiyalik futbolchilar orasida kuchli uchlikka kirdi.

Mazkur ko`rsatkich bo`yicha 108 ta o`yin bilan Andrea Pirlo ("Milan", "Yuventus") ikkinchi o`rinda bo`lsa, EChLning 109 ta o`yinida maydonga tushgan Paolo Maldini birinchi o`rinni egallab turibdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!