Jahon yulduzlaridan pardoz sirlari

14:33, 03 noyabr

Pardoz qilayotganda ko`zga urg`u berishni istasangiz, quyidagilarga ahamiyat qarating. Agar ko`z rangi jigarrang bo`lsa, siyohrang va qaymoq rang tenlar surting. Qora ko`zlar uchun esa ochroq, masalan, pushti, moviy va och jigarrang tenlar mos keladi. 

1.  Skarlet Yoxanson, aktrisa: «Pardoz asosi uchun mo`ljallangan konsilerni ko`z osti qopchasiga ham surtish mumkin. Shunda qopchadagi teri burmalari bilinmaydi. Men buni s`yomka jarayonida o`rganganman. Sizga ham tavsiya etaman».

2.  Andjela Lindval, xalqaro model: «Uy sharoitida istalgan mahsulotdan niqob tayyorlash mumkin. Masalan, qatiq, tuxum va o`simlik yoki zaytun yog`i topilsa bas, hammasini aralashtirib, niqob hosil qilasiz. Teri oziqlanishini istasangiz, niqobni kechqurun uyquga yotishdan avval surting. Shunda foydasi seziladi». 

3.  Top Pesho, vizajist: «Och rangli lab bo`yoqlarini bir marta surtsangiz kifoya. Rangini to`qlashtiraman deb, qayta surtilganida  ustma-ust tushgani labda hunuk ko`rinishi mumkin. Yaxshisi yorqin ranglardan foydalaning. Masalan, to`q qizil, to`q pushti va shaftoli rangli lab bo`yoqlari hozir urfda». 

4.  Ines de lya Fressanj, model: «Fitnes mashqlaridan ham foydaliroq mashg`ulotni bilaman. Bu har kuni 5 km.piyoda yurish. Oyoq mushaklari ham chiniqadi. Ortiqcha vazn ham bo`lmaydi». 

5.  Dautsen Krez, model: «Uyquga yotishdan oldin sochlarimga kokos yog`idan surtaman. Ertalab esa iliq suvda chayib olaman. Agar sochlarim siyraklashib ketganini sezsam, muolajani kunora bajaraman». 

 

6.  Liv Tayler, aktrisa: «Tonal krem surtganimdan so`ng 10 daqiqa yuzimga dam beraman. So`ng upa surtaman. Agar tonal krem va upa ketma-ket surtilsa, teri nafas olishga ulgurmay qoladi. Bu esa pardozga hunuk ko`rinishi mumkin».

7.  Anastasiya Axilleos, Gollivud kosmetologi: «har qanday turdagi kremni yuz terisiga singdirib surtish kerak. Teri bo`ylab tarqatish noto`g`ri».

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!