Moskvada noqulay ob-havo sharoiti tufayli o`nlab aviareyslar bekor qilindi

14:44, 03 noyabr

Moskvada ob-havoning keskin sovib ketishi, qor yog`ishi oqibatida shahar aeroportlarida o`nlab aviareyslar bekor qilindi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Bugunning o`zida Domodedovo aeroportida 7 ta reys bekor qilingan, 7 tasi kechiktirilgan bo`lsa, Sheremetevo aeroportida 25 ta reys kechiktirilgan, 10 ta reys esa bekor qilingan.

“Aeroflot” aviakompaniyasining ma`lum qilishicha, ob-havoning keskin o`zgarishi 3 noyabrdagi reyslar jadvaliga o`zgartirish kiritishga majbur qilgan. 38 ta ichki va tashqi reyslar kechiktirilgan. Tuni bilan yoqqan qor Moskva ko`chalarida avtomobil harakatlarini ham cheklab qo`ygan. Poytaxt transport kompleksi haydovchilardan iloji boricha, shaxsiy avtomobilda yurmaslikni, jamoatchilik transportiga chiqishni yoki yo`l qoidalariga qat`iy amal qilishni maslahat bermoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!