4 noyabr kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida qor yog`adi

14:50, 03 noyabr

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 5-7 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 1-2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!