Stiven Sigal Rossiya fuqarosiga aylandi

15:00, 03 noyabr

Amerikalik aktyor va prodyuser Stiven Sigal Rossiya fuqaroligini qabul qildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Mazkur farmonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzo chekdi. Unda “1952 yilning 10 aprelida Amerika Qo`shma Shtatlarida tug`ilgan Sigal Stiven Frederik Rossiya fuqaroligiga qabul qilinsin”, deb ko`rsatilgan.

Ilgari Rossiyaning Janubiy-Saxalinsk shahrida o`tkazilgan “Kray sveta” nomli xalqaro kinofestivalga mehmon sifatida tashrif buyurgan Stivan Sigalga Saxalin yoqib qolgan va bu erlarda  tadbirkorlik ishlarini yuritish uchun kelajakda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligini aytgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!