Xitoyda to`qnashuvning oldini olgan uchuvchiga 444 ming dollar mukofot puli berildi

16:03, 03 noyabr

China Eastern Airlines kompaniyasi avialaynerining uchuvchisi Shanxay aeroportining uchish-qo`nish yo`lagida boshqa bir samolyot bilan to`qnashuvning oldini olgani bois, uch million yuan (444 ming AQSh dollari) miqdorida mukofot puli bilan taqdirlandi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

11 oktyabr kuni, mahalliy vaqt bilan 11.54 da Xunsyao aeroportidan uchishga ruxsat berilgan Shanxay-Tyanszin aviareysi uchuvchisi uchish-qo`nish yo`lagida to`satdan ro`parasida paydo bo`lgan Airbus A330 dan epchillik bilan qochib, to`qnashuvning oldini olgan. Samolyotlarning yo`lovchilariga zarar etmagan. Reysning boshqa ekipaj a`zolariga esa 600 ming yuan (89 ming AQSh dollar) dan mukofot puli berilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!