Novosibirsklik muhandis mushugiga tank shaklidagi 50 kilogrammli uy qurib berdi

17:38, 03 noyabr

Rossiyaning Novosibirsk shahrida yashovchi Ivan Veryasov o`zining Chivas laqabli mushugiga tank shaklidagi uyni qurib berdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Tank-uyning og`irligi 50 kilogramm bo`lib, hattoki tank motorining ovoziga o`xshash tovush ham chiqaradi. Zoomagazinlardagi sifatsiz uychalardan ko`ngli to`lmagan Ivan Veryasovda mushugiga boshqacha uy qurish g`oyasi tug`iladi va uni qurish uchun ikki oy vaqt sarflaydi. Mushuk tankda yashash bilan bir vaqtda, dam olishi, o`yin o`ynashi ham mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!