Narimon Umarov navbatdagi saylovoldi uchrashuvda mehnatga oid masalalarni ko`tardi

20:53, 03 noyabr

O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarovning saylovoldi tashviqoti doirasidagi navbatdagi uchrashuvi 3 noyabr kuni Farg`ona viloyati saylovchilari bilan bo`lib o`tdi.

Rishton tumani hokimiyati faollar zalida ochiq va jonli muloqot ruhida o`tkazilgan tadbirda bevosita 200 nafarga yaqin, onlayn tizimi orqali tuman, shaharlardagi uchrashuv joylaridan 4300 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ularda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faollari, mahalliy Kengashlar deputatlari, “Adolat” SDP a`zolari, jurnalistlar jam bo`lishdi.

Uchrashuvni xalq deputatlari Farg`ona viloyat Kengashi deputati Sh.Karimov ochib berdi. Nomzodning ishonchli vakili O`zbekiston “Adolat” SDP Farg`ona viloyati Kengashi raisi M. Xoldorov yig`ilganlarni Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

N.Umarov o`z ma`ruzasida avvalo viloyat ahlining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlaridagi hissasi haqida gapirar ekan, shahar va tumanlarda barpo etilgan ko`rkam binolar, sport inshootlari, sanoat korxonalari, zamonaviy ta`lim muassasalari, yangi ko`chalar Farg`onaga o`zgacha ko`rk va fayz bag`ishlab turganligini e`tirof etdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovchilarga o`z Saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan g`oya va takliflar haqida batafsil so`zlab berdi.

Qayd etilganidek, dasturda “Ijtimoiy tenglik – teng huquq va teng mas`uliyat demakdir” degan tamoyiliga tayangan holda fuqarolarning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy tengligi, har bir fuqaro qobiliyati va malakasidan kelib chiqqan holda mehnat qilishi kafolatlanadigan, mehnatining miqdori va sifatidan kelib chiqqan holda munosib ish haqi va hayot darajasiga erishishi uchun keng va teng imkoniyatlar yaratilgan ijtimoiy davlat qurish g`oyasi ilgari surilmoqda.

N.Umarov Farg`ona viloyati respublikamizda aholisi va mehnat resurslari eng ko`p bo`lgan hamda shunga mutanosib ravishda tadbirkorlik sohasi rivojlangan hudud ekanligiga saylovchilar e`tiborini qaratar ekan, bugungi kunda tadbirkorlik sub`ektlarining barchasi ham o`z qo`l ostidagi xodimlarini mehnat shartnomasi asosida, munosib ish sharoitlari yaratgan holda ishlatmayotganligini ta`kidladi.

Shundan kelib chiqib, nomzod ish beruvchi va xodim o`rtasidagi munosabatlarda xodimning haq-huquqlarini to`laqonli ta`minlash, u bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, xodim mehnatiga haq to`lash, ijtimoiy sug`urta qilish, pensiya ta`minoti talablariga rioya qilmagani va ularni buzganligi uchun ish beruvchilar javobgarligining kuchaytirilishini ta`minlash tarafdori ekanligini bildirdi.

Narimon Umarov ishtirokchilarning savollariga javob berib, fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasidagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi.

Tadbirlarda “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo`llab-quvvatlab Farg`ona politexnika instituti katta o`qituvchisi Sh. Abbasova, Farg`ona perinal markazi bosh shifokori R. Sulaymanova, Farg`ona davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik lisey direktori F. Abdullazov hamda boshqalar so`zga chiqib, viloyat aholisini 2016 yilning 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan saylovda faol ishtiro

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!