O`zbekiston Qozog`iston Respublikasi rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar

08:55, 04 noyabr

2016 yil 3 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev o`rtasida Qozog`iston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. 

Muloqot chog`ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda O`zbekiston – Qozog`iston munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. 

Tomonlar turli vazirliklar, idoralar, xo`jalik sub`ektlari va boshqa tashkilotlar o`rtasida erishilgan o`zaro kelishuvlar hayotga izchil tatbiq qilinayotganidan mamnuniyat bildirdilar. 

Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolarni ham muhokama qilib, tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan maslahatlashuvlarni davom ettirish zarurligini ta`kidladilar. 

Suhbat konstruktiv, davlatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlari ruhida o`tdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!