Evropa Ligasi. “Manchester Yunayted” safarda “Fenerbaxche”ga mag`lub bo`ldi

09:15, 04 noyabr

Evropa ligasi guruh bosqichi 4-turida Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi o`z maydonida “Manchester Yunayted” jamoasini  qabul qildi. Qiziqarli kechgan o`yinda turkiyaliklar 2:1 hisobi zafar quchdi.

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq Sou chiroyli tarzda “MYu” darvozasiga gol kiritdi. Uning akrobatik tarzda tepgan to`pi De Xea darvozasiga aniq yo`l oldi. Ikkinchi bo`limning 59-daqiqasida Jermeyn Lens jarima zarbasini aniq amalga oshirib, ustunlikni ikki to`p farqiga etkazdi.

O`yin yakunlanib borayotgan bir vaqtda Ueyn Runi uzoq masofadan zarba yo`llab, hisobni qisqartirdi. Ammo boshqa gollar bo`lmadi va “MYu” yana bir mag`lubiyatni qabul qildi.

Evropa Liga, 4-tur
Fenerbaxche Tursiya – Manchester Yunayted Angliya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:  1:0 – 2 Sou, 2:0 – 59 Lens, 2:1 – 89 Runi. 
Fenerbaxche – Demirel, O`zbayrakli, Ker, Shkrtel, Kaldirim, Topal, Souza, Lens, Potuk (Noyshtedter, 82), Shen (Emenike, 68), Sou (Keybashi, 87).
Manchester Yunayted – De Xea, Darmian, Blind, Roxo, Shou, Errera, Shnayderlin (Mata, 46), Pogba (Ibrahimovich, 30), Reshford (Mxitaryan, 61), Runi, Marsyal.
Ogohlantirishlar:  Shnayderlin (12), Errera (18), Demirel (43), Potuk (55), Shkrtel (71), Mata (73), O`zbayrakli (85), Souza (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!