CMA Awards taqdimot marosimining eng chiroyli va eng xunuk libosi aniqlandi

10:08, 04 noyabr

OAVlar CMA Awards kantra-musiqa sohasida yutuqqa erishgan san`atkorlarga mukofotni topshirish taqdimoti qatnashchilarining eng chiroyli va eng xunuk libosini aniqladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Bu reyting The Hollywood Reporter jurnalida chop etildi. Eng chiroyli liboslar ro`yxatida Gucci ga tegishli ko`ylakda aktrisa Nikol Kidman va Marchesa ning libosini kiygan xonanda Kessedi Pouplar etakchilik qilishdi.

Bundan tashqari, nashr sport gimnastikasi bo`yicha olimpiada chempioni Simona Baylzning libosini yuqori baholagan. Eng bachkana liboslar kiyganlar ro`yxatiga aktrisa Oliviya Nyuton-Jon, musiqachi Billi Rey Sayrus va gimnastika bo`yicha olimpiada chempioni Aleksandra Raysmanlar kiritilgan.

Independent.ie ning talqiniga ko`ra taqdimot marosimida qatnashgan xonanda Dolli Partonning libosi eng chiroyli libos deb tan olingan. Xonandalar Beyonse, Kerri Andervud, aktrisalar Jennifer Garner, Sheron Stounlarning libosi haqida ham ijobiy, xonanda Miranda Lambert, El King va Daniel Bredberilarning libosi haqida esa salbiy fikrlar bildirilgan.





















Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!