Qarshida “Kelajak Yulduzlari” futbol festivali start oladi

10:14, 04 noyabr

Bugun, 4 noyabr chorshanba kuni Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida bolalar uchun juda qiziqarli futbol musobaqasi start oladi. Bu - “Kelajak Yulduzlari” bolalar futbol festivalidir!

Mazkur festival, championat.asia futbol portali tashabbusi bilan, “Nasaf” futbol klubi va “Mash`al” klublari hamkorligida tashkil etilmoqda. Musobaqada 2006 va 2007 yilda tug`ilgan futbolchilardan tashkil topgan jamoalar bahs olib borishadi.

Unda vohamizning jami 8ta jamoasi, 4-6 noyabr kunlari 3ta turdan iborat musobaqada bahslashadilar. Musobaqa uchrashuvlari Qarshidagi "Geolog" sport kompleksida bo`lib o`tadi.

2006 va 2007 yillarda tavallud topgan futbolchilar, quyidagi jamoalar sharafini himoya qiladilar.

IShTIROKChI JAMOALAR:

1. "Nasaf" (Qarshi)

2. "Mash`al" (Muborak)

3. "Gazchilar" (Muborak)

4. "Sho`rtan" (G`uzor)

5. BO`SM (Qarshi)

6. "Koson" (Koson)

7. BO`SM - 2007

8. "Nasaf"-2007 (Qarshi)

Musobaqa taqvimi:

1-tur . 4 noyabr.

10:00. "Koson" - "Nasaf"-2007

11:00. "Nasaf" - "Gazchilar"

12:00. "Mash`al" - BO`SM

13:00. BO`SM-2007 - "Sho`rtan"

2-tur. 5 noyabr.

10:00. BO`SM-2007 - "Gazchilar"

11:00. "Nasaf"-2007 - "Mash`al"

12:00. "Koson" - BO`SM

13:00. "Nasaf" - "Sho`rtan"

3-tur. 6 noyabr.

10:00. "Gazchilar" - BO`SM

11:00. BO`SM-2007 - "Koson" 

12:00. "Nasaf"-2007 - "Sho`rtan"

13:00. "Nasaf" - "Mash`al"

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!