Samarqandda ayol murabbiylar uchun futzal bo`yicha OFK kurslari o`tkaziladi

10:21, 04 noyabr

O`zbekiston Futbol Federasiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamkorligida Samarqand shahrida ayol murabbiylar uchun futzal bo`yicha “Level 1” toifali lisenziya uchun o`quv kurslari o`tkaziladi.

Ushbu xalqaro toifali lisenziya uchun o`quv kurslari 18 – 23 noyabr sanalarida bo`lib o`tadi.

O`quv-mashg`ulot kurslarini olib borish uchun eronlik OFK instruktori Shaxrizod Muzaffar taklif etilgan. Unga yordamchi sifatida Kamola Usmonova tayinlangan. O`quv kurslari koordinatori esa – Umidjon Hotamov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!