O`zbekiston termasi a`zosi Sardor Rashidov “Al-Jaish” tarkibida dubl qayd etdi

10:49, 04 noyabr

O`zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qatarning “Al-Jaish” klubi yarim himoyachisi – Sardor Rashidov chempionatning 6-tur uchrashuvlari doirasida ikkita golga mualliflik qildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Qatar Yulduzlar Ligasining ushbu turida “Al-Jaish” safarda “As-Sayliya” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ushbu uchrashuv gollarga juda boy bo`ldi. E`tiborli jihati, 6:4 hisobida g`alaba qozongan “Al-Jaish”ning dastlabki va so`nggi gollarini Sardor Rashidov kiritdi va dubl qayd etdi. O`zbekistonlik futbolchi jamoadoshlaridan – Romarino ham bu o`yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo`ldi. Qolgan ikki gol Abdulqodir Ilyos hamja Keyta hisobiga yozildi.

Ushbu g`alabadan so`ng “Al-Jaish” turnir jadvali peshqadamiga aylanib oldi. Hozirda Rishodov to`p tepayotgan ushbu jamoa hisobida 16 ochko bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!