Toshkentda "International Study Uzbekistan Expo – 2016" xalqaro ta`lim ko`rgazmasi ish boshladi

11:35, 04 noyabr

Yoshlar ijod saroyida "International Study Uzbekistan Expo – 2016" xalqaro ta`lim ko`rgazmasi boshlandi. 

Ko`rgazma "ITE Uzbekistan" kompaniyasi hamda Britaniya Kengashi hamkorligida tashkil etildi. Unda mamlakatimiz hamda qator xorijiy davlatlarning ta`lim sohasiga oid yangiliklari, oliy o`quv yurtlari faoliyati, grant dasturlari, chet tillarni o`rganishga oid ma`rifiy dasturlari bilan tanishish mumkin. 

Xalqaro ta`lim bo`yicha ushbu ko`rgazmadan ko`zlangan asosiy maqsad oliy ta`lim sohasida axborot almashish, xorijiy ta`lim imkoniyatlari, oliy ta`lim olishni davom ettirish va malaka oshirishga doir ma`lumotlardan yoshlarni boxabar etishdan iborat. 

Ko`rgazma ishtirokchilari yurtimiz hamda Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya, Xitoy, Ruminiya, Fransiya, Yaponiyadagi injiniring, innovasion texnologiyalar, rejalashtirish va statistika, turizm va mehmonxona biznesi, tabiiy fanlarga ixtisoslashgan oliy ta`lim maskanlaridagi o`quv yo`nalishlari, ta`limdan keyingi, biznes, ta`til dasturlari, til o`rganish kurslari bo`yicha keng ma`lumotga ega bo`lish mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!