Avgust oyida yo`qolgan amerikalik ayol yuk konteyner ichidan topildi

12:12, 04 noyabr

Avgust oyida yo`qolgan amerikalik ayol Janubiy Karolina shtatidan, yuk konteynerining ichidan, kishanlangan holda topildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

Mahalliy telekanallardan birining xabar berishicha, polisiyachilar qishloqlardan birida tekshiruv tadbirlarini o`tkazayotganda, qulf solingan metall yuk konteynerining ichidan kimdir taqillayotganini eshitib qolgan. Yuk konteyneri ochib ko`rilganda, u erda “it kabi” zanjirband qilingan, 30 yoshli Kala Braun topilgan.

Ayol polisiyachilarga ikki oydan beri konteyner ichida, zanjirlangan holda saqlanganligini, yaqin o`rtada yana to`rtta ayolning jasadi ko`milgan bo`lishi mumkinligini ma`lum qilgan. Ayni paytda bu hududda maxsus texnikalar yordamida keng qamrovli qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Polisiya mazkur hududning egasi Todd Kolxepp (Todd Kohlhepp)ni hibsga oldi. U ilgari ham zo`ravonlik qilgani tufayli jazolanib, polisiya hisobida turgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!