Turkiyaning janubi-sharqida kuchli portlash bo`ldi

13:41, 04 noyabr

Bugun, 4 noyabr kuni ertalab, Turkiyaning Diyorbakir shahrining Baglar tumanidagi xavfsizlik xizmati binosining yaqinida kuchli portlash bo`ldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Taxminiy ma`lumotlarga ko`ra, mina qo`yilgan avtomobil portlatilgan. OAVlarning xabar berishicha, 1 kishi halok bo`lgan, 30 kishi yaralangan. Voqea joyida tibbiyot xodimlari ishlamoqda.

Shahar ma`muriyati vakillari portlashni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi amalga oshirgan, deb hisoblamoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!