Babayan O`zbekiston milliy tema jamoasining Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi tarkibini ma`lum qildi

14:10, 04 noyabr

Samvel Babayan boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 4 noyabrdan yig`inga kirishdi. Jahon chempionati saralashining 3-bosqichida ishtirok etayotgan O`zbekiston bugundan Janubiy Koreyaga qarshi 15 noyabr kuni bo`lib o`tadigan safardagi o`yinga tayyorgarlikni boshlaydi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

Ushbu yig`in doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Iordaniyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. Ushbu o`yin 10 noyabr kuni, “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv 17:00da boshlanadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi milliy terma jamoa murabbiylar shtabi Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlari uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:

Darvozabonlar:Aleksandr Lobanov (“Paxtakor), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Egor Krimes (“Beyjin Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (Changchun Yatay – Xitoy), Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” -  Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg” – Rossiya), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” - Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjin Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” – Qozog`iston).

Ta`kidlash kerakki, Oston O`runov hamda Jasurbek Yaxshiboev milliy terma jamoaga yosh futbolchilarni tayyorlash dasturi doirasida bosh jamoa bilan birga mashg`ulotlarda ishtirok etish uchun taklif qilindi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!