Villash-Baosh Germaniyada emas, Xitoyda ish boshladi

16:44, 04 noyabr

Portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash faoliyatini Xitoyda davom ettiradigan bo`ldi. “Zenit” klubining sobiq bosh murabbiy Xitoy Superligasi vakili – “Shanxay SIPG”ni boshqaradi, deb xabar beradi BBC Sport.

39 yoshli Villash-Boash “Shanxay SIPG”ni uch yil boshqarganidan so`ng istefoga chiqarilgan Sven-Yoran Erikssonning o`rnini egalladi. Portugaliyalik murabbiy yangi jamoasida yiliga 12 millon evro maosh oladigan bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, bir muddat avval Andre Villash-Boash murabbiysiz qolgan “Volfsburg”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabar bergandik

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!