Evropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

09:34, 05 noyabr

“Fenerbaxche” jamoasi a`zosi Mussa Sou Evropa Ligasi 4-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb ma`lum qiladi “iSport.ua” nashri.  

“MYu”ga qarshi kechgan hamda “Fenerbaxche”ning 2:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlangan o`yinning 2-daqiqasida Sou akrobatik tarzda gol kiritgan edi.

So`rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 42 foizi aynan uning nomzodini qo`llab-quvvatladi. “Zenit” yarim himoyachisi Juliano 21 foiz bilan ikkinchi, “Anderlext” xavbeki Nikolae Stanchu esa 11 foiz bilan uchinchi bo`ldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!