Bred Pitt suddan farzandlariga Anjelina Joli bilan birga vasiylik qilish huquqini berishni so`radi

11:12, 05 noyabr

Associated Press agentligining ma`lumot berishicha, Anjelina Joli va Bred Pittning rasman ajrashishi yuzasidan bo`lib o`tayotgan sudda Bredning bolalarga nisbatan qo`pol munosabati bo`lganligi o`z tasdig`ini topsa, bu sud qaroriga ta`sir qiladi, deb xabar berdi, “Tass.ru” nashri.  

Gollivud yulduzi Bred Pitt suddan rasman olti farzandiga rafiqasi Anjelina Joli bilan teng ravishda vasiylik qilish huquqini berishni iltimos qildi. Kaliforniya sudi xodimlari Bred Pitning advokati jo`natgan hujjatlar bilan tanishdi. Unda yozilishicha, Anjelina Jolining bolalar u bilan yashashi, otasi esa ularni bemalol ko`rishga kelishi mumkinligi haqidagi taklifi Bred Pitga ma`qul kelgan. Ayni paytda bu iltimos yuzasidan hali biror qarorga kelingani yo`q. Anjelinaning ta`kidlashicha, Bred bolalarga har doim qo`pol munosabatda bo`lgan, ammo aktyor buni tan olmadi.

Kaliforniya sudi er-xotin ajrashganda suddan keyin ularga bolalarga teng vasiylik qilish huquqini beradi. OAVlarning ma`lumot berishicha, Anjelina va Bred sud hukmi chiqqunga qadar bu masalada o`zaro kelishlari lozim.

Anjelina Joli Bred Pittning farzandlariga nisbatan ba`zi bir qo`pol harakatlaridan qo`rqqan va olti farzandining xavfsizligini o`ylab, ajrashish uchun sudga ariza bergan. U suddan farzandlarini o`zining qaramog`ida qoldirishni, Bredni ularning tarbiyasida ishtirok etishdan chetlatishni so`ragan.

Anjelina Joli va Bred Pitt 2014 yilning 23 avgust kuni turmush qurgan. 52 yoshli Bred Pit va 41 yoshli Anjelina Jolilarning olti farzandi bo`lib, ulardan uch nafari asrab olingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!