AQShda noma`lum shaxs universitet talabalariga pichoq bilan hujum qildi

11:21, 05 noyabr

AQShda noma`lum shaxs universitet talabalariga pichoq bilan hujum qildi, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri.

AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Nyu-Bransuik shahrida joylashgan Ratger universiteti talabalariga noma`lum shaxsning hujum qilishi oqibatida ikki kishi jabrlandi.

Nashrning ma`lum qilishicha, avvaliga universitet ma`muriyati talabalarni va xodimlarni xavfdan ogoh etib, biror joyga yashirinishga chaqirgan. Oradan yarim soat o`tgach, noma`lum shaxs qo`lga olingani e`lon qilingan. Ma`lumotlarga ko`ra, ikki jabrlangan va jinoyatchining o`zi kasalxonaga yotqizilgan. 

Voqea yuzasidan polisiya tergov ishlarini boshladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!