“Islom davlati” terrorchilik guruhi Mosulda bolalarni xudkushga aylantirmoqda

11:24, 05 noyabr

“Islom davlati” terrorchilik guruhi Mosulning sharqiy kvartalidagi Iroq harbiylariga nisbatan terakt uyushtirish maqsadida, yosh bolalarni portlatish uchun tayyorladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Jangarilar yosh xudkush-terrorchilarni Mosulning sharqidagi ikkinchi darajali ko`chalardagi uylarga joylashtirgan. Ularning asosiy maqsadi harbiylar uylarni tekshirayotganda bolalarni portlatib yuborishdir.

Iroq harbiylari jangarilarga qarshi Mosulning sharqiy qismidagi kvartallarda jang boshlagan, shu sababli jangarilar aynan shu hududlarda bolalarni portlatishni rejalashtirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!