Bugun O`zbekistonga ikkinchi Dreamliner olib kelinadi

11:45, 05 noyabr

5 noyabr kuni O`zbekistonga yana bir Boeing-787 Dreamliner avialayneri olib kelinadi. Bu haqda «O`zbekiston havo yo`llari» MAK UZ24 nashriga xabar berdi.

Samolyot Sietldan 12 soatlik parvozdan so`ng shanba kuni ertalab «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo`nadi. Avialaynerni kutib olish marosimiga OAV vakillari, aeroport xodimlari va boshqalar taklif etilgan.

Eslatib o`tamiz, birinchi Dreamliner Toshkentga 31 avgust kuni keltirilgan edi. Shundan buyon ushbu layner orqali O`zbekistonning shaharlari bo`ylab, shuningdek, Olma-ota, Dubay va boshqa megapolislarga parvozlar amalga oshirildi.

Dreamliner’dan uzoq masofali xalqaro reyslarni bajarishda foydalaniladi. Samolyot o`z bortida 350 nafargacha yo`lovchilarni sig`dira oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!