Samsung rahbariyati Galaxy Note 7 uchun tiz cho`kkan holda kechirim so`radi

12:32, 05 noyabr

Xitoyning Shiszyachjuan shahrida o`tgan tadbirda Samsung kompaniyasining 23 nafar boshqaruvchisi sahnada investorlar va xaridorlar oldida Samsung Galaxy Note 7 smartfonining bozordan qaytarilayotgani uchun tiz cho`kib kechirim so`radilar va bunday holat boshqa qaytarilmasligiga va`da berdilar, deb xabar bermoqda Techmundo.

Samsung Galaxy Note 7 smartfoni akkumulyatorlari portlashi sababli chiqqan o`nlab yong`inlar tufayli bozordan qaytarilib olingandi. Ayni vaqtda ushbu smartfonlarning ishlab chiqarilishi va sotilishi to`xtatilgan, xaridorlarga esa tovon puli taklif qilingan.

Xitoyda tangrilarga itoat qilish, keksa odamlarga hurmat yoki biror odamga alohida hurmatni bildirish maqsadida tiz cho`kiladi. Bunga Xitoyda boshqa mamlakatlardagiga nisbatan oddiyroq qaraladi.

Xitoy Samsung uchun eng muhim bozorlardan hisoblanadi va shuning uchun kompaniya boshqaruvchilarining bunday yo`l tutganlarini tushunsa bo`ladi. Kompaniyada Galaxy Note 7 bilan yuzaga kelgan vaziyat boshqa takrorlanmasligiga va`da berildi va kompaniya uchun og`ir damlarda uni qo`llab-quvvatlash va unga ishonchni yo`qotmaslik iltimos qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!