Xuan Mata “Manchester Yunayted”ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

18:45, 05 noyabr

“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Xuan Mata klub muxlislari tomonidan oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb tan topildi. Bu haqda Gerald Tribune xabar bermoqda.

“MYu” muxlislari o`rtasida o`tkazigan so`rovnomada ispaniyalik futbolchi eng ko`p ovoz to`plagan. Umumiy hisobda 100 ming inson uning nomzodini tanlagan. Bu esa ovoz berganlarning 44 foizini tashkil qildi.

Ikkinchi o`rinni 43 foiz bilan Ander Errera egallagan bo`lsa, 13 foiz to`plagan Antonio Valensiya uchinchi bo`ldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!