O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov vafot etdi

18:56, 05 noyabr

O`zbekiston xalqi, O`zbekiston adabiyoti va san`ati og`ir judolikka uchradi. O`zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og`ir xastalikdan so`ng 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda “kun.uz” xabar bermoqda.

O`zbekiston Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov AQShning Nyu-York shahrida davolanish kursini o`tayotgan edi.

Avvalroq shoir Muhammad Ismoil o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uning ahvoli og`irlashgani haqida xabar bergan edi.

 “Darakchi.uz” tahririyati nomidan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

   

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!