Facebook`da AQShda yashovchi ikki boshli buzoqchaning akkaunti paydo bo`ldi

22:07, 05 noyabr

AQShning Kentukka shtatidagi Makkabinlar fermasida Laki laqabli ikki boshli buzoqcha yashaydi. Uning laqabining ma`nosi “Baxtli” deya tarjima qilinadi. Avvaliga bu fermada tug`ilgan ikki boshli buzoqcha hammani hayratga soldi, biroz muddatdan o`tgach esa u hammaning erkatoyiga aylandi, deb yozadi “Vesti”.

Hatto, buzoqchaning egalari uning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasini ochdi.

Fermerlarning so`zlariga ko`ra, buzoqcha kichkinaligida muvozanatni saqlashga qiynalar edi. Hozir esa vaziyat o`zgardi va Laki boshqa sigirlar bilan birga yaylovga chiqmoqda.

“U bizning kichkintoyimiz. U atrofimizda o`ralashib, sayr qilib yuradi. Men uning boshini silab, u bilan suhbatlashaman”,—deydi buzoqchaning egasi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!