"Buxoro" XXI asrdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

18:42, 06 noyabr

"Buxoro" klubi oliy liganing 28-turida o`z uyida "So`g`diyona"ni mag`lub etdi. Shu tariqa, "Buxoro" chempionat tugashiga 2 tur qolganida kamida to`rtinchi o`rinni nad qildi. Jamoa mavsumni yoki to`rtinchi, yoki uchinchi o`rinda tugatadi.

Oxirgi marta "Buxoro" 22 yil oldin to`rtinchi o`rindan tepada tugatgan edi. 1994 yilgi mavsumda jamoa kumush medallarni qo`lga kiritgandi. 1992 yilda esa "Buxoro" to`rtinchi o`rinni band etgan edi.

2016 - 4 yoki 3-o`rin
2015 - 14-o`rin
2014 - 12-o`rin
2013 - 6-o`rin
2012 - 7-o`rin
2011 - 8-o`rin
2009 - 16-o`rin
2008 - 15-o`rin
2007 - 9-o`rin
2006 - 11-o`rin
2005 - 12-o`rin
2004 - 7-o`rin
2003 - 12-o`rin
2002 - 7-o`rin
2001 - 7-o`rin
2000 - 5-o`rin
1999 - 9-o`rin
1998 - 7-o`rin
1997 - 7-o`rin
1996 - 5-o`rin
1995 - 5-o`rin
1994 - 2-o`rin
1993 - 5-o`rin
1992 - 4-o`rin

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!