OFK KXDR Futbol Assosiasiyasi, U-16 terma jamoasi murabbiyi va darvozabonini jazoladi

19:56, 06 noyabr

Osiyo Futbol Konfederasisining tartib intizom qo`mitasi o`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi, 3-tur o`yinlari doirasida kechgan O`zbekiston – KXDR uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat borasidagi qarorini e`lon qildi.

Mazkur uchrashuvning 49-daqiqasida kiritilgan gol bilan bog`liq vaziyatni o`rganib chiqqan qo`mita, KXDR o`smirlar terma jamoasi atayin to`pni o`z darvozasidan joy olishiga imkoniyat yaratib bergan deb topdi. OFK O`smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Yung Jong Su, O`zbekistonga qarshi o`yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan jamoa darvozaboni Jang Pik Ho hamda Shimoliy Koreya Futbol Assosiasiyasini aybdor deb topib, tegishli jazolar tayin qildi.

KXDR Futbol Assosiasiyasi:

20 000 AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortildi va agar shunga o`xshash holat U-19 Osiyo chempionati saralashida takrorlangan taqdirda KXDR yoshlar terma jamoasi 2018 yilda o`tkaziladigan final bosqichidan butunlay chetlatilishi belgilandi.

KXDR o`smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Yung Jong Su:

5 000 AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortildi va futboldan 12 oyga chetlatildi.

KXDR o`smirlar terma jamoasi darvozaboni Jang Pik Ho:

1 000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi va 12 oyga futboldan chetlatildi.

Yuqorida ismlari keltirilgan KXDR o`smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi va darvozabon endi 2017 yilda o`tkaziladigan o`smirlar o`rtasidagi Jahon chempionatida ham ishtirok etma olmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!