La Liga. “Barselona” safarda “Sevilya” ustidan irodali g`alabaga erishdi (Video)

08:30, 07 noyabr

Ispaniya chempionati 11-tur markaziy o`yinida "Sevilya" jamoasi o`z maydonida "Barselona" futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli kechgan o`yinda kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.

O`yinning 15-daqiqasida "Sevilya" a`zosi Vitolo darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va vaziyatdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Birinchi bo`lim so`ngida Messi Neymarning to`p uzatishidan so`ng gol urib muvozanatni tikladi.

Uchrashuvning 61-daqiqasi o`tib borayotgan bir vaqtda "Sevilya" himoyachisi markazda to`pni oldirib qo`ydi, tezlik bilan qarshi hujumga o`tgan mehmonlar Suaresning golidan so`ng hisobda oldinga o`tib oldilar. Uchrashuv boshidan oxirigacha shiddatli va teng kurashlar ostida kechdi, biroq omad "Barselona"ga kulib boqdi.

Sevilya – Barselona 1:2 (1:1, 0:1)

Gollar: 1:0 – 15 Vitolo, 1:1 – 43 Messi, 1:2 – 61 Suares.

Sevilya – Riko, Rami, Eskudero, Mariano, Karrisu, Nasri (Iborra, 78), Sarabiya (Korrea, 84), Vitolo, Nzonzi, Vaskes (Ganso, 68), Vetto

Barselona – ter Stegen, Suares, Umtiti, Din, Buskets, Maskerano, Suares (Rafinya, 86), Serdji Roberto, Rakitich (Andre Gomesh, 73), Neymar, Messi.

Ogohlantirishlar: Neymar (10), Rami (26), Serji Roberto (44), Mariano (50), Din (66), Nzonzi (82), Messi (83), Karrisu (85), Suares (88), Maskerano (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!