Jiddada IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining shoshilinch majlisini o`tkazish vaqti yuzasidan fikr almashildi

11:21, 07 noyabr

2016 yilning 5 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegasiyasi Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni Podshohligi) Islom hamkorlik tashkilotining Bosh qarorgohida bo`lib o`tgan IHT Ijroiya qo`mitasining yig`ilishida ishtirok etdi.

Majlisda tashkilot kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining shoshilinch majlisini o`tkazish vaqti yuzasidan fikr almashildi.

Mamlakatimiz delegasiyasi 4-5 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining Jidda shahridagi bo`linmasi Bosh direktori Muhammad Ahmad Tayyib hamda IHT Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Abdulla Alim bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazdi.

Muzokaralar davomida Toshkent shahrida bo`lib o`tgan Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida belgilangan O`zbekistonning IHT TIVKda raisligining maqsadlarini ro`yobga chiqarishning amaliy jihatlari hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!