Ko`zidan zarba egan Van Persi ko`r bo`lib qolishi mumkin (Video)

11:31, 07 noyabr

"Fenerbahche" tarkibida "Oqxisor Beledie" jamoasiga qarshi maydonga tushgan mohir to`purar raqib maydonchasidagi to`p uchun kurashda ko`zidan zarba edi. Zarba kuchidan Robinning ko`zidan qon oqa boshladi, deb xabar bermoqda "Sports.uz" nashri. 

Van Persi zudlik bilan shifoxonaga etkazildi. Biroq, futbolchi chap ko`zidan ayrilish ehtimoli juda katta. Bunaqa jarohatdan keyin ko`rish qobiliyati yo`qolishi ta`kidlanmoqda.

"Fenerbahche"ning 3:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlangan o`yinda o`z vaqtida "Arsenal" va "Manchester Yunayted"da porlagan van Persi hisobni ochgan edi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!