Moskvada bir sutka davomida ob-havo yomonligi tufayli 562 ta yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi

11:43, 07 noyabr 2016

Moskvada so`nggi bir sutka davomida ob-havoning noqulayligi tufayli 562 ta YTH sodir bo`ldi va avtofalokat oqibatida 4 kishi halok bo`ldi, 18 nafar yo`lovchi jabrlandi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

YTHlar soni oshib ketganligi bois, Davlat avtomobil nazorati xizmati xodimlari avtomobil haydovchilaridan “Oraliq masofani saqlashga, tezlikni oshirmaslikka, keskin tormoz bermaslikka” chaqirdi.

6 noyabr kuni Moskvaning turli tumanlarida 7 millimetrdan 17 millimetrgacha qor yoqqan. Shahar ko`chalarini qordan tozalash uchun 10 mingdan ortiq texnika safarbar qilindi. Eng xavfli hududlar kommunal xizmat xodimlari tomonidan nazoratga olindi. Bugun 7 noyabr kuni tongdan shahar aholisi kuchli shamol ko`tarilishi, qor yog`ishi, er muzlashidan ogohlantirildi. Bu esa avtomobil harakatlariga xavf tug`diradi. Shuni hisobga olgan holda, Davlat avtomobil nazorati xodimlari shaxsiy avtomobili bo`lgan haydovchilardan avtomashina boshqarmaslikni, jamoat transportidan foydalanishni maslahat bermoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!