Rossiyada 15 yoshli bokschi nokdaundan keyin vafot etdi

13:57, 07 noyabr

Rossiyaning Vladimir shahrida 15 yoshli bokschi ringda olgan jarohati oqibatida vafot etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Vladimir shahrida, 5 noyabr kuni boks bo`yicha yoshlar o`rtasida o`tkazilgan turnirda olgan tan jarohati oqibatida 15 yoshli bokschi olamdan o`tdi. Ikkinchi nokdaundan keyin sudya jangni to`xtatgan, o`zini yomon his qilgan bokschiga tibbiyot xodimlari birinchi yordam ko`rsatganiga qaramay, u kasalxonaga etmasdan jon bergan. Ma`lumotlarga ko`ra, bokschi Vladimir shahar olimpiya zahiralari bolalar va o`smirlar maxsus maktabi o`quvchisi bo`lgan. Musobaqalar 3 noyabr kuni boshlangan bo`lib, vafot etgan o`smir bu musobaqalarda ketma-ket g`alabani qo`lga kiritgan. So`nggi jangda boshidan bir necha marotaba kuchli zarba olgan. Bundan bir necha yillar muqaddam boshidan jiddiy jarohat olgani uning o`limiga sabab bo`lgan. Mazkur fakt yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!