O`zbekiston Kubogi-2016 finalining “maydon egasi” aniqlandi

14:11, 07 noyabr

Bugun O`zbekiston Kubogi – 2016 final uchrashuvining nominal “maydon egasi”ni aniqlash bo`yicha qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Unga ko`ra, final uchrashuvning nominal "maydon egasi" - “Bunyodkor”  va “Lokomotiv” jamoalari juftligi g`olibi bo`ladi.

O`zbekiston Kubogi-2016 finali yo`llanmasini birinchi bo`lib qo`lga kiritgan  - “Nasaf” jamoamiz esa, final uchrashuvida mehmon jamoa sifatida maydonga tushadi.

Eslatib o`tamiz, final uchrashuvi 30 noyabr kuni Samarqanda shahridagi “Dinamo” stadionida soat 13:00da boshlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!