Saratonga chalingan 4 yoshli qizaloq hayotining so`nggi daqiqalari aks etgan suratlar internet foydalanuvchilarini o`yga toldirdi(Foto)

14:44, 07 noyabr

So`nggi haftada 4 yoshli saratonga chalingan qizaloq hayotining so`nggi lahzalari aks etgan surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini larzaga soldi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Tibbiyot xodimlarining ma`lumot berishicha, 4 yoshli Jessikaning bir haftalik umri qolgan. Qizining kasallik tufayli aziyat chekayotganini ko`rgan otasi uning so`nggi lahzalari aks etgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

“Hozirda sochlari qirib tashlangan, kasalxona palatalarida mashhur yulduzlar va tibbiyot xodimlari qurshovida kulib turgan bolalarning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab uchraydi. Ammo bedavo kasallikka chalingan norasidalar labida har kuni ham tabbassum o`ynamaydi, ular bu dard tufayli azob chekadilar. Saraton so`nggi lahzalarda bolalarni qay ahvolga solishini boshqalarga ko`rsatishni zarur deb hisobladim. Bu suratlar aynan farzandimga yordam ko`rsatish, uning og`riqlarini biroz bo`lsa-da, engillatish qo`limdan kelmagan onlarda suratga tushirilgan”, deydi qizchaning otasi.

Tibbiyot bedavo dard oldida ojiz bo`lgani uchun Jessikaning ota-onasi uni uyga olib ketishga qaror qildi. Nihoyasiz qon tahlillari, yangidan-yangi kasalxonalar, vrachlar mo``jiza yarata olmadi, hech kim qizchaning dardiga davo topolmadi.

Qizining dahshatli og`riqlarni boshdan kechirayotganini ko`rgan ota uning bir kun bo`lsa ham umrini uzaytirish uchun kasalxonada yotqizish behudaligini tushunib, so`nggi lahzalarda oilasi davrasida bo`lgani ma`qulligini tushundi.

Jessikaning ota-onasi vaqti kelib, Er yuzidagi birorta bolakay bu darddan azob chekmasligiga, saratonga qarshi dori-darmon topilishiga, birorta ota-ona jon taslim qilayotgan bolasiga yordam bera olmay, tomoshabin bo`lib o`tirmasligiga ishonadi...






Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!