“Nihol” mukofoti tanlovining Qoraqalpog`iston Respublikasi bosqichi bo`lib o`tdi

14:52, 07 noyabr

Yosh iste`dodlar uchun “Nihol” mukofoti tanlovining Qoraqalpog`iston Respublikasi bosqichi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.  

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan iste`dodli, san`atga ixlosmand yoshlarni izlab topish va ularni qo`llab-quvvatlash maqsadida 2000 yilda tashkil etilgan ushbu tanlovda estrada, musiqa, mumtoz qo`shiq, raqs va opera san`ati ijrochiligi bo`yicha 17 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yigit-qizlar o`z qobiliyatini namoyon etib kelmoqda. 

Joriy yilda tanlovning Qoraqalpog`iston Respublikasi bosqichida uning quyi bosqichlarida saralangan 47 nafar yigit-qiz qatnashdi. Har bir ishtirokchining professional tayyorgarligi, badiiy ijrochilik mahorati, repertuar saviyasi – matn va musiqa uyg`unligiga baho berildi. Ularning ijtimoiy faolligi, ma`naviy-axloqiy fazilatlariga ham alohida e`tibor qaratildi.

Turli yo`nalishlar bo`yicha 10 nafar g`olib tanlovning mamlakat bosqichiga yo`llanma oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!