Rossiya davlat Dumasi deputatlariga xizmat mashinalaridan foydalanish chegaralandi

15:17, 07 noyabr

Rossiya davlat Dumasi deputatlariga xizmat mashinalaridan foydalanishni cheklash yuzasidan og`zaki buyruq berildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Deputatlarga xizmat avtomashinasida Moskvadan 50 kilometr tashqariga chiqish taqiqlandi.  Mazkur buyruq ilgaridan mavjud bo`lsa-da, unga ko`z yumib kelingan, ammo endidan boshlab, u qaytadan kuchga kirdi. Bunday qarorga kelishga birinchidan iqtisod sabab bo`lgan bo`lsa, ikkinchidan tartib-intizomni kuchaytirish nazarda tutildi.

Ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin  davlat Dumasida “migalka” qo`yiladigan avtomobillar sonini ko`paytirish haqida farmon chiqargan edi. Keyinchalik davlat Dumasidagilar 12 ta avtomobilga “migalka” qo`yib, ular kimlarga tegishli ekanligi haqida ma`lumot bergandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!