Eldor Shomurodov: “Janubiy Koreyaning himoyadagi xatolaridan foydalanishga harakat qilamiz”

08:11, 08 noyabr

O`zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Eldor Shomurodov Jahon chempionati saralashi uchinchi bosqichi dorirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi o`yin oldidan o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

“Janubiy Koreya – Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Oldimizda juda qiyin bahs bizni kutib turibdi. Ammo yaxshi natija bilan safardagi o`yindan qaytib kelishga harakat qilamiz”.

“Ularga qarshi jamoaviy va hujumkor o`yin ko`rsatib, g`olib bo`lishga urinamiz. Janubiy Koreyaning hujum chizig`i juda kuchli. Lekin himoyada ularda xatolari etarli. Biz aynan o`sha xatolardan foydalanishga harakat qilamiz”, - deydi Shomurodov.

Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston milliy terma jamoasi 4 noyabr kuni Toshkenta yig`inga kirdi. Mashg`ulotlarga terma jamoaning xorij ligalarida harakat qilayotgan futbolchilari kelib qo`shilishda davom etmoqda. 8 noyabrdan boshlab, yig`inga taklif etilgan 24 futbolchining barchasi jamlanadi va milliy terma jamoa to`liq tarkib bilan mashg`ulotlar olib boradi.

Ushbu yig`in doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi bitta yig`in o`tkazadi. Iordaniyaga qarshi kechadigan uchrashuv 10 noyabr kuni, 17:00da boshlanadi. O`yin “Paxtakor” markaziy stadionida bo`lib o`tadi.

Jahon chempionati saralashining 3-bosqich, 5-turi doirasidagi Janubiy Koreya – O`zbekiston uchrashuvi 15 noyabr kuni, Seulda bo`lib o`tadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!