Organizmdagi ayrim belgilarga bee`tibor bo`lmang!

09:57, 08 noyabr

Kundalik turmushimizning odatiy tashvishlari bilan band bo`lib, ko`pincha o`zimizga vaqt ajrata olmay qolamiz. Vaholanki, organizmda yuz beradigan hech bir o`zgarish shunchaki ro`y bermaydi. Quyidagi belgilarni o`zingizda sezgan bo`lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling.

Lab yorilishi
Lablaringizda yoriqlar va og`iz atrofidagi mushaklarda holsizlik sezsangiz, sochlaringiz ko`p miqdorda to`kilayotgan bo`lsa, organizmingiz V2 vitaminiga kuchli ehtiyoj sezayapti. Taomnomangizni sut mahsulotlari, tuxum, yong`oq, shaftoli, soya sousi, nok, pomidor va gulkaram bilan boyiting. 

Til oqarishi
Shamollaganda va uzoq vaqt och yurganda til oq rangga kiradi. Gastrit hurujida esa til rangi juda ham oqarib ketadi. 

Tomoq qurishi
Stress va siqilish natijasida yuz beradi. Agar doimiy ravishda tomog`ingiz qurisa, V3 vitaminiga boy tovuq go`shti, yong`oq, mol go`shtini ko`proq iste`mol qiling. 

Unutmang, tomoq qurishi ba`zan so`lak bezlari yallig`lanishiga olib keladi. Bu o`z navbatida qandli diabet boshlanishi degani.

Terining po`st tashlashi
Ko`pincha A va V2 vitaminining etishmasligiga belgi beradi. Ushbu vitaminlarga to`yingan mahsulotlarni taomnomangizga zudlik bilan kiriting. Agar teri tushishi kuchli qichishish bilan kechayotgan bo`lsa, darhol shifokorga uchrashing. Zamburug`li kasallik belgisi hisoblanadi bu. 

Ko`kimtir dog`lar
Teringizda tomirlarning yorilishiga o`xshash mayda dog`larga ko`zingiz tushsa, sizda qon quyulishi yoki jigar faoliyati buzilishi kuzatilayapti. Qon tahlili topshirib, bunga oydinlik kiritib oling. 

Ko`z qamashishi
Yorqin ranglarga nigohingiz tushganda ko`zlaringiz qamashishi muntazam spritli ichimliklar is`temol qilish va kashandalik natijasi. Vaqtida zararli odatlaringizdan voz keching. Ba`zida isitmasi ko`tarilganda ham bu holat yuz berishi mumkin. Yana bir sababi A vitaminiga bo`lgan ehtiyoj. Uni pishloq, sabzi va pomidordan topasiz. 

Og`izdan noxush hid kelishi
Agar bu kechki ziyofat yoki tishingizni yuvmaganingiz bilan bog`liq bo`lsa, qondagi qand miqdorini aniqlang, jigar faoliyatiga e`itibor qarating. Og`izdan ammiak kislotasi hidi kelsa, buyrak xastaligiga belgisi, juda noxush is esa surunkali bronxit bilan og`rigan kishilarda kuzatiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!