Ronaldu Ispaniya chempionatida yana tengsiz deb topildi

09:58, 08 noyabr

“Real Madrid” jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu Marca gazetasining talqini bo`yicha 2015/2016 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Portugaliyalik futbolchiga Alfredo di Stefano nomiga bag`ishlangan sovrin berildi. “Real”ning boshqa futbolchisi Alvaro Morata o`tgan mavsumning eng yaxshi ispaniyalik futbolchisi bo`ldi.

“Atletiko” ustozi Diego Simeone eng yaxshi murabbiy, ushbu klubning posboni Yan Oblak eng yaxshi darvozabon bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!