“Barselona” Lionel Messining sariq kartochkasi bo`yicha apellyasiya bermoqchi

10:35, 08 noyabr

“Barselona”  rahbariyati “Sevilya”ga qarshi kechgan va 2:1 hisobida yakuniga etgan o`yinda Lionel Messiga ko`rsatilgan sariq kartochkani bekor qilish uchun apellyasiyaga bermoqchi, deb xabar beradi "Chempionat".

Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Santyago Xayme Latre o`yin vaqtini cho`zgani uchun argentinalik hujumchiga sariq kartochka ko`rsatgan edi. 83-daqiqada Messi yiqitildi va uning butsasi echilib ketdi. Hakam «Sevilya» darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi va oradan biroz vaqt o`tgach butsasini kiyishga hayallab qolgan Messiga sariq kartochka ko`rsatdi.

Bu ogohlantirish Messi uchun joriy mavsum Ispaniya chempionatida uchinchisi bo`ldi. Boz ustiga Luis Suares beshinchi bor ogohlantirildi va «Malaga»ga qarshi kechadigan o`yinni o`tkazib yuboradi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!